Namanganda tashkil etilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Joriy yilning 21-23-may kunlari Namangan shahri “Munozara” respublika turniri hamda “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining final bosqichiga mezbonlik qildi. Mazkur tanlovlarning yakuniy bosqichida qatnashish uchun gullar shahriga respublikamizning barcha hududlaridan 200 dan ortiq talaba-yoshlar tashrif buyurdi.
⭐️Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi Namangan viloyatidagi Ma’rifat maskanida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev hamda hamkor tashkilotlar mas’ullari, shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida tanlov g‘oliblari e’lon qilindi va diplom, kubok, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

✅“Munozara” respublika turniri g‘oliblari:
🥇TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Elita” jamoasi;
🥈O‘zbekiston Milliy universiteti “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi;
🥉Toshkent davlat yuridik universiteti “Yuristlar” jamoasi.
✔️“The best speaker” nominatsiyasi g‘oliblari:
➡️1-spiker: Asadbek Ibragimov – TDTibU talabasi;
➡️2-spiker: Yunus Normamatov – TIQXMMI MTU talabasi;
➡️3-spiker: Gulsanam Raxmonova – FarDU talabasi.
🏆 Turnir g‘oliblari diplom, mos ravishda , 30, 20 va 15 million so‘m miqdorida pul mukofotlari hamda maxsus kubok bilan, nominatsiya g‘oliblari esa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
✅“Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari:
↪️1-o‘rin: Andijon davlat pedagogika instituti;
↪️1-o‘rin: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
↪️2-o‘rin: Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;
↪️2-o‘rin: Namangan davlat universiteti;
↪️3-o‘rin: Buxoro davlat universiteti;
↪️4-o‘rin: Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;
↪️5-o‘rin: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi.
☑️Mazkur tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda mos ravishda 40, 25, 20, 10 va 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, taqdirlash marosimida “Jadidlar haqida insholar” tanlovi g‘oliblari ham I, II va III darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
So'nggi yangiliklar
Namanganda tashkil etilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Munozara” turniri finalchilari aniqlandi!
Namanganda “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi boshlandi!
Qoraqalpog‘istonda “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi va “Biz Orol bilan birgamiz” eko marafoni o‘tkazildi.
Markaz tomonidan o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” festivali hamda “Ilhom” mukofoti g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda