Loading...

Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda

    


18-may kuni Samarqandda Markaziy Osiyoda ilk bor “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda!” shiori ostida Garvard yetakchi yoshlar sammiti o‘z ishini boshladi.
 

Jahonga mashhur Garvard universiteti professori va iqtidorli talabalari qadim Samarqand zaminida yoshlar va ta’lim sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biriga start berdilar. Sammit “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tashabbusi, Harvard Project for Asian and International Relations (HPAIR) va Istiqbolli Ta’lim maktabi hamkorligida tashkil etilgan.