Loading...

Namanganda “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi boshlandi!

    

♦️Bugun Namangan viloyati musiqali drama teatrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning final bosqichiga start berildi.

🏛 Tanlovning ochilish marosimida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov hamda Namangan davlat universiteti birinchi prorektori Isomjon Odilov so‘zga chiqib, tanlovning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, adib va ma’rifatparvarlar hayoti va ijodini o’rganishdagi tutgan o‘rni haqida to‘xtalib, barcha jamoalarga omad tiladi.
 

🟪Final bosqichi ishtirokchi jamoalari:
🔹 Namangan davlat universiteti (mezbon)
🔹 O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi
🔹 Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
🔹 Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
🔹 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
🔹 Andijon davlat pedagogika instituti
🔹 Buxoro davlat universiteti



✔️Shundan so‘ng, tanlovning 3-sharti “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya” bo‘yicha jamoalarning chiqishlari boshlandi. Ilk kompozitsiya Namangan davlat universitetining “Tamaddun” jamoasi tomonidan namoyish etildi. Ular “Behbudiy” teatrlashtirilgan kompozitsiyasi ijro etishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov goliblari vazirlik tomonidan diplom hamda 1-o‘rin 40 million so‘m, 2-o‘rin 25 million so‘m, 3-o‘rin 20 million so‘m, 4-o‘rin 10 million so‘m va 5-o‘rin 5 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.