Loading...

“Munozara” turniri finalchilari aniqlandi!

   

➡️Turnirning yarim final bellashuvlarida O‘zbekiston Milliy universitetining “Taraqqiyot yoshlari” hamda TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, final bosqichiga yo‘l olishdi.

🔊3-o‘rin uchun bahs esa ayni damda Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” hamda Urganch davlat pedagogika institutining “Pedagoglar” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

     

Turnir doirasida ishtirokchilar dolzarb mavzular yuzasidan o‘z fikr va yondashuvlarini asosli dalillar hamda tahliliy mushohadalar orqali ilgari surmoqda. Intellektual bahslar jarayonida yoshlarning notiqlik mahorati, erkin fikrlashi va munozara madaniyati namoyon bo‘lmoqda.