Markaz tomonidan o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” festivali hamda “Ilhom” mukofoti g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Andijon viloyati Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 2025/2026-o‘quv yili davomida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivali hamda “Ilhom” mukofotining g‘olib va sovrindorlari e’tirof etildi.
š Marosimni Markaz direktori Abdumalik Akramov kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tkazilgan tanlovlarning ahamiyati, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, teatrning yoshlar ma’naviyatini oshirishdagi roli haqidagi fikrlarini bildirib, barcha g‘oliblarni samimiy qutladi.

š“Talabalar teatr studiyalari” festivali g‘oliblari bilan tanishing:
š„1-o‘rinlar: Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” va Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsena” jamoalari;
š„2-o‘rinlar: Farg‘ona davlat universitetining “Ilhom” va Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Muloqot” jamoalari;
š„3-o‘rinlar: Central Asian medical university'ning “CAMU” va Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” jamoalari.
āŖļø“Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi g‘olibi – Ma’mun universiteti;
āŖļø“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi g‘olibi Oybek Maxsudov – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
āŖļø“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi g‘olibi Iroda Toirova – Samarqand davlat universiteti talabasi;
āŖļø“Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Marjona Ochilova – Termiz davlat universiteti va Dilafruz Sotiboldiyeva – Farg‘ona davlat universiteti talabalari;
āŖļø“Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Alisher Soatov – Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Avazxonov Ismoilxon – Central Asian medical university talabalari.
š Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin BHMning 190 barobari; 2-o‘rin BHMning 140 barobari va 3-o‘rin BHMning 85 barobari miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlandi.
Shuningdek taqdirlash davomida, finalni yuqori saviyada tashkil qilgan mezbonlar, Andijon davlat pedagogika instituti rahbariyati va Hakamlar hay’ati a’zolariga ham tashakkurnomalar topshirildi.
So'nggi yangiliklar
Qoraqalpogāistonda āOrol dengiziga poyezdā yoshlar ekologik aksiyasi va āBiz Orol bilan birgamizā eko marafoni oātkazildi.
Markaz tomonidan oātkazilgan āTalabalar teatr studiyalariā festivali hamda āIlhomā mukofoti gāoliblari tantanali taqdirlandi!
Orzudan imkoniyatga: Garvard Samarqandda
āYangi Oāzbekistonā yoshlarini birlashtirgan āDoāstlik festivaliā
Teatrlar davom etmoqda!
āTalabalar teatr studiyalariā koārik-festivalining ilk kuni yakunlandi!