21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Bugun yurtimizda katta faxr va g‘urur bilan nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk alloma va mutafakkir Hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi mas’ullari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Marosim yakunlangach, “O‘zbek tili bayrami”ga bag‘ishlangan tadbirlar Muqimiy, Abdulla Avloniy, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqa adiblar haykali atrofidagi oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, o‘zbek tili va adabiyoti mavzusidagi ijodiy uchrashuvlarga ulanib ketdi.

Tadbirlar ona tilimizga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va g‘urur ifodasiga aylandi.

Ayni vaqtlarda ham O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbirlar nafaqat Adiblar xiyobonida, balki butun Respublikamiz bo‘ylab ta’lim tashkilotlarida davom etmoqda.
So'nggi yangiliklar
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
“Quest step by step” – bilim, jamoaviylik va sog‘lom hayot sari qadam!
Taqdirlash marosimi doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi.
Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor tavalludining 118 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyati zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etiladi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev tavalludinnig 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.