Loading...

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti tillar va maktabgacha taʼlim fakulteti koordinatorlari tashabbusi bilan fakultetning “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari “Adiblar xiyoboni”ga ma’naviy sayohat uyushtirdilar.

 Tashrif davomida talabalar buyuk adiblarimiz haykallari oldida ehtirom bajo keltirib, ularning sermazmun hayoti va boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Har bir haykal, har bir yozuv — o‘zida xalqimizning bebaho tarixini, milliy g‘ururini va ma’naviy qadriyatlarini mujassam etgan.