“Quest step by step” – bilim, jamoaviylik va sog‘lom hayot sari qadam!

Bugun Adiblar xiyobonida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Quest step by step” loyihasi tashkil etildi va g‘oliblar taqdirlandi!

Loyiha davomida intellektual, huquqiy va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida eng faol ishtirok etgan jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. G‘olib jamoalarga sovrinlarni Markaz direktori Abdumalik Akramov topshirib, muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

1-o‘rin – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jamoasi
Sovg‘a: zamonaviy smart televizorlar
2-o‘rin – Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi
Sovg‘a: changyutgich
3-o‘rin – Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti jamoasi
Sovg‘a: esdalik sovg‘alar to‘plami

Shuningdek ishtirokchi jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Tadbir ishtirokchilari uchun bu loyiha nafaqat bellashuv, balki bilim, do‘stlik va sog‘lom hayot sari bir qadam bo‘ldi!

“Quest step by step” – bu yoshlar uchun qadam-baqadam o‘sish, o‘zini sinovdan o‘tkazish va jamoaviy ruhni mustahkamlash imkoniyati!
So'nggi yangiliklar
Adiblar xiyoboni – yoshlik va ma’naviyat maskani
Alfraganus universiteti talabalari Adiblar hiyoboniga tashrif buyurdi.
“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari “Adiblar xiyoboni”ga ma’naviy sayohat uyushtirdilar.
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
“Quest step by step” – bilim, jamoaviylik va sog‘lom hayot sari qadam!
Taqdirlash marosimi doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi.