Loading...

Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi hamda Tarix yo‘nalishlari talabalari darsdan so‘ng bo‘sh vaqtIni mazmunli o‘tkazish maqsadida Adiblar hiyoboniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalarga buyuk jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali oldida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, talabalarning faol ishtirokida shaxmat, shashka, tosh yiqitish, voleybol, stol tennisi kabi sport o‘yinlari tashkil etildi.