Loading...

Adiblar xiyoboni – yoshlik va ma’naviyat maskani

 Talaba-yoshlar orasida buyuk mutafakkir bobolarimiz, o‘z zamonasining eng yetuk shoir va yozuvchilari bo‘lgan adiblarning hayoti, ijodi va faoliyatini keng targ‘ib qilish  maqsadida poytaxtimiz markazidagi Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy tashriflar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Andijon davlat texnika institutining bir guruh talaba-yoshlari ushbu go'zal maskanda bo'lib qaytdilar.

        

– Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev

 Talabalar Hazrat Navoiy bobomizning muhtasham haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozitsiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirilgani, ushu yerda Yozuvchilar uyushmasi uchun bino barpo etilgani ham hamohanglik kasb etgani talabalarda katta ta'surot qoldirdilar.

         

 Bundan tashqari talabalar Adiblar xiyobonini g‘oyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik majmualari m,ajmuasi bilan ham yaqindan tanishdilar.