Taqdirlash marosimi doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining 1-, 2- va 3-mavsum g‘oliblari, shuningdek, “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi hamda “Eng yaxshi esselar” tanlovi g‘oliblari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Adiblar xiyoboni va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurib, deputatlar hamda adabiyot ahli bilan uchrashuvlarda ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan tadbirlar doirasida talaba-yoshlar qonunchilik tizimi, deputatlar faoliyati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyi, shoir va yozuvchilar ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Deputatlar, taniqli yozuvchi va shoirlar bilan muloqot qilish, ijodiy tajriba va maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Uchrashuv yakunida Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etilgan kitoblar bilan taqdirlandilar.

G‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bugun soat 14:30 da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida bo‘lib o‘tadi.

So'nggi yangiliklar
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
“Quest step by step” – bilim, jamoaviylik va sog‘lom hayot sari qadam!
Taqdirlash marosimi doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi.
Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor tavalludining 118 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyati zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etiladi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev tavalludinnig 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.