Loading...

Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor tavalludining 118 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

   

   
 

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboni oliy ta’lim muassasalari talabalari va ijodkor yoshlarimizning sevimli maskaniga aylanib bormoqda. Kecha Toshkent iqtisodiyot universiteti tomonidan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor va xalqparvar shoir Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning tavallud kunlari hamda ularning ijodiy merosiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

   

Tadbirda universitet talabalari tomonidan har ikki ijodkor qalamiga mansub asarlar asosida tayyorlangan badiiy-musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, Muqimiy ko‘krak nishoni va stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

   

Mazkur tadbirda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ham ishtirok etib, iqtidorli talabalarga mukofotlarni topshirdi.