Adiblar xiyobonidagi ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda!

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-о‘qituvchilari M.Murodova, Sh.Umarov, tyutor S.Sultonovalar rahbarligida talabalarning ham ma’naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun joriy yilning 5-aprel kuni “Adiblar xiyoboni”da tadbir tashkil qilindi.

Mazkur tadbirida “San’atshunoslik” yо‘nalishi talabalari ustozlari bilan Abdulla Qodiriy siymosi oldida yig’ilib uning asarlari haqidagi o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar.

Shuningdek, stol tennisi, armrestling, uzoq masofaga yugurish, badminton hamda milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan arqon tortish kabi sport turlari bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda faol ishtirok etdilar.
So'nggi yangiliklar
Adiblar xiyoboni – yoshlik va ma’naviyat maskani
Alfraganus universiteti talabalari Adiblar hiyoboniga tashrif buyurdi.
“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari “Adiblar xiyoboni”ga ma’naviy sayohat uyushtirdilar.
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
“Quest step by step” – bilim, jamoaviylik va sog‘lom hayot sari qadam!
Taqdirlash marosimi doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi.