Loading...

    #Milliy rassomlik va dizayn instituti  yoshlari adiblar xiyobonida

    Zabardast adabiyotshunos Furqat merosi barhayotdir.

    

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2024-yil 5-fevraldagi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 9-sonli bayonining 53-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Adiblar xiyoboni majmuasida joylashgan O‘zbekiston xalq shoiri Furqat haykali atrofida “Zabardast adabiyotshunos Furqat merosi barhayotdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

    

    Tadbir davomida institut professor o‘qituvchilari adibning ibratli hayot yo‘li va ijodiy faoliyati to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishdi. Adabiy kechada faol ishtirok etgan talaba-yoshlar institut rahbariyatining diplomlari bilan taqdirlanishdi.