Adiblar xiyobonida ma'naviy-ma'rifiy hamda sport tadbirlari o‘tkazildi
Bugun, 17-sentyabr kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Milliy universiteti talaba-yoshlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida arqon tortish, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek, Erkin Vohidov haykali poyida shoir ijodiga mansub she'ru g'azallar o'qib eshittirildi.

Atoqli adiblar haykallari qad rostlagan xiyobonda bu kabi tashabbuslarning amalga oshirilishi talaba-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishi, balki ajdodlarimiz faoliyati va ijodiga bo‘lgan qiziqishlarining oshishiga, ulardagi vatanparvarlik jihatlarining yuksalishiga xizmat qiladi.
So'nggi yangiliklar
Adiblar xiyoboni – yoshlik va ma’naviyat maskani
Alfraganus universiteti talabalari Adiblar hiyoboniga tashrif buyurdi.
“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari “Adiblar xiyoboni”ga ma’naviy sayohat uyushtirdilar.
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
“Quest step by step” – bilim, jamoaviylik va sog‘lom hayot sari qadam!
Taqdirlash marosimi doirasidagi tadbirlar o‘tkazildi.