Loading...

Hisobot konsert

    Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talaba-yoshlari ishtirokida “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihisi doirasida Adiblar hiyobonida hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

    Unda “Lazgi” ansambli sozandalari hamda iste’dodli san’atkorlar Rohila Ro’zimova, Dilshod Armon, Iroda Iskandarova, Nazokat Jabborova, Xurshid Sobirov, Dilfuza Qobilova, Ulug‘bek Xo‘jayev, Dilnoza Ataxo’jayeva, Feruz Normatov o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi.

     

Har bir san’atkorning ijrosi talabalar tomonidan olqishlab turildi. San’atkorlarning ijrolaridan zavqlangan talabalar mazza qilib raqsga tushishdi.

    Ma’lumot berib borayotganimizdek, “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihisi doirasida FTTI da “Harbiy vatanparvarlik musobaqalari”, “Talaba-yoshlar Gastronomik va pazandachilik festivali”, “Talaba-yoshlar hayotiga bog‘liq media loyihalar tanlovi” tashkil etildi.

    Konsert davomida institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Yusupova Nigora Erkinovna ana shu tadbirlarning g‘oliblarini taqdirladi.

             

    Adiblar xiyobonida, sevimli shoiramiz Zulfiyaxonim haykali poyida tashkil etilgan ushbu tadbir barchaga birdek manzur bo‘ldi.
    Tomoshabinlar safiga hatto xorijlik mehmonlar va sayr qilib yurgan yurtdoshlarimiz ham qo‘shilib, sho‘xchan qo‘shiqlardan bahramand bo‘ldilar.