Loading...

    QQDU jamoasi adiblar xiyobonida konsert dasturini namoyish qiladi! Barchangizni taklif qilamiz!

    Aziz yurtdoshlar! Ertaga, 4-may kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi «Adiblar xiyoboni»da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jamosi tomonidan qoraqalpoq adabiyotida oʻchmaz iz qoldirgan Qoraqalpoq xalqining buyuk vakillari Berdaq Gʻargʻabay oʻgʻli, Ajiniyaz Qosibay oʻgʻli, Ibrayim Yusupov, Toʻlepbergen Qayipbergenovlarning hayot yoʻli va ijodiy namunalaridan tayyorlangan «Sahro bulbullari nomini olgan adiblar» shiori ostida konsert dasturini namoyish qiladi.

    Barchani «Adiblar xiyoboni»da boʻlib  oʻtadigan tadbirga taklif qilamiz.