“Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalar 27–28-avgust kunlari universitet sport majmuasida o‘tkazilib, unda universitet jamoasi vakillari sportning basketbol va voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Basketbol bahslarida erkak professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etgan bo‘lsa, voleybol musobaqalarida ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlar jamoalari kuch sinashdilar.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar yuqori faollik, jamoaviy hamjihatlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
So'nggi yangiliklar
“Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda
Andijon davlat pedagogika institutida “Mustaqillik soati” o‘quv-seminar treningi o‘tkazildi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi
Urganch davlat universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi ishga tushirildi
Islom sivilizatsiya markaziga sayohat