Loading...

Islom sivilizatsiya markaziga sayohat

       

Samarqand davlat universiteti rektorati va kasaba uyushma tashkiloti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” ma’rifiy tadbiri doirasida universitetining 60 nafar talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga madaniy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

šŸ“–Tashrif davomida sayohatchilar markazdagi noyob tarixiy eksponatlar, qadimiy qo‘lyozmalar hamda zamonaviy innovatsion ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va jahon taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, boy ilmiy va ma’naviy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

šŸ‡ŗšŸ‡æMazkur ma’rifiy sayohat O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘unlashib, sayohatchilarning tarixga oid bilimlarini boyitish bilan birga, milliy qadriyatlarga hurmat va faxr-iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.