Andijon davlat pedagogika institutida “Mustaqillik soati” o‘quv-seminar treningi o‘tkazildi

Andijon davlat pedagogika institutida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida “Mustaqillik soati” o‘quv-seminar treningi tashkil etildi.
Seminar davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilgan yutuqlar hamda bugungi taraqqiyot jarayonlari haqida fikr yuritildi. Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv-seminar davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar almashib, mustaqillikning mamlakatimiz hayotidagi tarixiy ahamiyati, uning bugungi taraqqiyotimiz uchun tutgan o‘rni haqida zarur bilim va tushunchalarga ega bo‘ldilar.
So'nggi yangiliklar
“Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda
Andijon davlat pedagogika institutida “Mustaqillik soati” o‘quv-seminar treningi o‘tkazildi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi
Urganch davlat universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi ishga tushirildi
Islom sivilizatsiya markaziga sayohat