Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda

Bugun, 27-avgust kuni Samarqand shahrida aholi va yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir Markaziy bank, Milliy bank, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat Palatasi va Kambagalikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Yarmarkaning asosiy yo‘nalishlaridan biri — “Ishga marhamat” ko‘rgazmasi. Mazkur hududda mahallalarda bandligi ta’minlanmagan aholi va yoshlar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, fuqarolar ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Suhbatlar davomida ishga joylashish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.
So'nggi yangiliklar
“Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Samarqandda “Kelajak tadbirkori Expo–2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda
Andijon davlat pedagogika institutida “Mustaqillik soati” o‘quv-seminar treningi o‘tkazildi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi
Urganch davlat universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi ishga tushirildi
Islom sivilizatsiya markaziga sayohat