Loading...

Urganch davlat universitetida 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi ishga tushirildi

            

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Urganch shahridagi Al-Xorazmiy majmuasi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy tipda barpo etilgan 5 qavatli, 400 o‘rinli yangi Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Eng muhimi, ushbu yangi maskanning foydalanishga topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida talaba-yoshlarimizga munosib va ajoyib tuhfa bo‘ldi.