Loading...

Eski Xovos sari ilmiy sayohat: Tarixchi talabalarining dala amaliyoti tashkil etildi

    

2026-yil 20-may kuni Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo‘nalishi birinchi bosqich masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida arxeologik amaliyot doirasida Eski Xovos yodgorligiga ilmiy-amaliy sayohat tashkil etildi.

Amaliyot davomida talabalarga Eski Xovos hududining qadimiy tarixi, ushbu manzilgohda olib borilgan arxeologik qazishmalar hamda topilgan moddiy madaniyat namunalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalarda arxeologiya va qadimiy tarixga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi. Ayniqsa, nazariy bilimlarni amaliy jarayon bilan bog‘lash imkoniyati talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Amaliyot jarayonida Tarix kafedrasi professor-o‘qituvchilari — tarix fanlari doktori Qahramon Almanov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari Davlat Qudratov va Sherzod Ma’rufov, shuningdek, kafedra o‘qituvchilari Rustam Nematov hamda Ismoil Raimjonovlar tomonidan talabalarga qiziqarli va ilmiy asoslangan ma’lumotlar yetkazildi.