“Markaziy Osiyo davlatlari tarixi va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

☑️ O‘zbekiston Milliy universiteti tashkil topganligining 108 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan konferensiyaning ochilish marosimida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rahbari Abdumalik Akramov hamda O‘zbekiston Milliy universitetining prorektori, professor Yoqub Ergashov so‘zga chiqib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi va konferensiyani rasman ochib berdi.

Anjumanda mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan kelgan talabalar va magistrantlar Markaziy Osiyo tarixi, mustaqillik g‘oyalari, jadidchilik harakati, milliy qadriyatlar transformatsiyasi, tarixiy-demografik jarayonlar hamda mintaqa taraqqiyotiga oid dolzarb mavzularda ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ilmiy-amaliy anjuman yakunida faol ishtirokchilar va eng yaxshi ma’ruzalar mualliflari taqdirlandi.
Tadbir yosh olim va tadqiqotchilar uchun o‘zaro tajriba almashish, ilmiy fikr-mulohazalarni muhokama qilish hamda yangi ilmiy tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.
So'nggi yangiliklar
72 soatlik mashg‘ulotlar yakuniga yetdi
“Markaziy Osiyo davlatlari tarixi va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi
Talabalarimiz tabiat sirlarini amaliyotda o‘rganmoqda
NamDTU — Millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglik markazi!
O‘zbekiston Milliy universitetida xorijlik talabalar festivali bo‘lib o‘tdi
“Zakovat Grand turniri”ning FINAL bosqichi bo‘lib o‘tdi