TDMAU o‘qituvchilari “BYD Uzbekistan Factory” zavodida malaka oshirmoqda

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “ta’lim–fan–ishlab chiqarish” integratsiyasini mustahkamlash borasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Oliygoh professor-o‘qituvchilari ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka o‘tash orqali zamonaviy tajribalarni o‘rganmoqdalar.
Xususan, Mexanika va konchilik ishi fakulteti “Transport muhandisligi va logistikasi” kafedrasi o‘qituvchilari hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida “BYD Uzbekistan Factory” MChJ qo‘shma korxonasida 36 soatlik stajirovka jarayonida ishtirok etmoqda.
Professor-o‘qituvchilar zavodda zamonaviy avtomobilsozlik texnologiyalari, logistika, ishlab chiqarish boshqaruvi va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.
So'nggi yangiliklar
Eski Xovos sari ilmiy sayohat: Tarixchi talabalarining dala amaliyoti tashkil etildi
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan “Do‘stlik festivali”da ishtirok etmoqda
TDMAU o‘qituvchilari “BYD Uzbekistan Factory” zavodida malaka oshirmoqda
72 soatlik mashg‘ulotlar yakuniga yetdi
“Markaziy Osiyo davlatlari tarixi va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi
Talabalarimiz tabiat sirlarini amaliyotda o‘rganmoqda