Talabalarimiz tabiat sirlarini amaliyotda o‘rganmoqda

Biologiya ta'lim yo'nalishi birinchi bosqich talabalari o‘quv-dala amaliyotini o'tashmoqda.
Tabiat bag‘rida o‘tkazilayotgan ushbu amaliyot davomida talabalar turli o‘simlik turlari va o‘simliklar qoplami bilan yaqindan tanishib, ilmiy kuzatish, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Amaliyot jarayonida o‘simliklarni yig‘ish, ularni to‘g‘ri tayyorlash, kolleksiya yaratish va fiksatsiya qilish usullarini o‘rganish orqali talabalar haqiqiy mutaxassisga xos tajriba orttiradi.
Eng muhimi, talabalar o‘simliklarni morfologik jihatdan to‘g‘ri tahlil qilish, ularning sistematik o‘rnini aniqlash va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishni o‘rganadi.
Har bir o‘simlik — bu kitob, har bir dala — bu laboratoriya.
So'nggi yangiliklar
72 soatlik mashg‘ulotlar yakuniga yetdi
“Markaziy Osiyo davlatlari tarixi va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi
Talabalarimiz tabiat sirlarini amaliyotda o‘rganmoqda
NamDTU — Millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglik markazi!
O‘zbekiston Milliy universitetida xorijlik talabalar festivali bo‘lib o‘tdi
“Zakovat Grand turniri”ning FINAL bosqichi bo‘lib o‘tdi