Loading...
O‘zbekiston Milliy universitetida xorijlik talabalar festivali bo‘lib o‘tdi

     

 Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida xorijlik talabalar ishtirokida “Bir oila — turfa madaniyat — yagona kelajak” g‘oyasi ostida festival tashkil etildi.

Mazkur tadbir turli millat va madaniyat vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Unda universitet rahbariyati, soha prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, mahalliy hamda turli mamlakatlardan kelib tahsil olayotgan xorijlik talabalar ishtirok etdi.

      
 Festivalni universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Komil Inoqov ochib berdi. U o‘z so‘zida bu kabi tadbirlar jamiyatda ochiqlik muhitini shakllantirish, millatlararo do‘stlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Tadbirda turli millatlarga xos badiiy-musiqiy chiqishlar, milliy kuy-qo‘shiq va raqslar, sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar turli xalqlarga xos an’anaviy taomlar ko‘rgazmasi orqali o‘z madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qildilar.