Loading...

“Zakovat Grand turniri”ning FINAL bosqichi bo‘lib o‘tdi

     

Renessans universitetida talaba-yoshlarning intellektual salohiyati va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida “Zakovat Grand turniri”ning FINAL bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Finalda eng kuchli 6 ta jamoa bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin – Sirius jamoasi
2-o‘rin – Tamerlan jamoasi
3-o‘rin – Moliyachi jamoasi



G‘olib va faol ishtirokchilar universitet tomonidan munosib taqdirlandi. Jumladan, “Sirius” jamoasi Samarqandga sayohat yo‘llanmasi, diplom hamda esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritdi.

Renessans universiteti – bilim, tafakkur va intellekt qadrlanadigan maskan!