NamDTU — Millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglik markazi!

Namangan davlat texnika universitetida haqiqiy "Do‘stlik bayrami" bo‘lib o‘tdi. Yoshlar kuni munosabati bilan universitetimizning Xalqaro hamkorlik bo‘limi hamda Xalqaro volontyorlar jamoasi tashabbusi ostida o‘zgacha shukuhdagi tadbir tashkil etildi.
✔️ "Do‘stlik, birdamlik va bag‘rikenglik" shiori ostida o‘tgan ushbu milliy taomlar festivali xalqaro professorlar va xorijlik talabalarni bir dasturxon atrofida birlashtirdi.
‼️Tadbirni NamDTU Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig'i Islomjon Ergashev ochib berar ekan, bugungi global ziddiyatlar murakkab bo‘lgan davrda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik har qachongidan ham dolzarb ekanligini alohida ta’kidladi.
🌐 Dasturxon ustida jahon bo‘ylab sayohat:
✨Festival ishtirokchilari o‘z milliy madaniyatlari va pazandachilik san’atlarini namoyish etdilar. Mehmonlar quyidagi shohona taomlardan bahramand bo‘lishdi:
🇯🇴 Iordaniya: Xushbo‘y ziravorlarga boy - Kabsa
🇹🇷 Turkiya: Mashhur "Sarma" va qarsildoq - Sigara Borek
🇰🇬 Qirg‘iziston: Milliy iftixor sanalgan - Bogirsak
🇵🇸 Falastin: An’anaviy va mazali - Maqluba
🇧🇩 Bangladesh: Dengiz va daryo ne’mati — Rohurpuri hamda o‘ziga xos Posto
💬Tadbir faqatgina taomlar tanovi emas, balki qizg‘in muloqot va samimiy suhbatlar maydoniga aylandi. Turli xalq vakillari bo‘lgan professor va talabalar o‘zaro fikr almashib, do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamladilar.
Maqsadimiz bitta: Turli madaniyatlar, yagona maqsad — ilm va tinchlik yo‘lida birlashish!
So'nggi yangiliklar
72 soatlik mashg‘ulotlar yakuniga yetdi
“Markaziy Osiyo davlatlari tarixi va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi
Talabalarimiz tabiat sirlarini amaliyotda o‘rganmoqda
NamDTU — Millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglik markazi!
O‘zbekiston Milliy universitetida xorijlik talabalar festivali bo‘lib o‘tdi
“Zakovat Grand turniri”ning FINAL bosqichi bo‘lib o‘tdi