Toshkent davlat texnika universitetida faol va tashabbuskor talaba-yoshlar taqdirlandi
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar bilan uchrashuv hamda 2025/2026-o‘quv yilida faol, tashabbuskor va iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida 100 nafar faol va tashabbuskor talabalar munosib rag‘batlantirildi. Shuningdek, o‘zining namunali faoliyati, intilishi va erishgan yutuqlari bilan ajralib turgan yoshlarga ikki baravar miqdorda stipendiya vaucherlari topshirildi.
Ushbu tadbir talaba-yoshlarning yutuqlarini e’tirof etish, ularni yangi marralar sari ruhlantirish hamda bilim, ijodkorlik va innovatsion g‘oyalar yo‘lida yanada faol bo‘lishga undashga xizmat qildi.




So'nggi yangiliklar
Toshkent davlat texnika universitetida faol va tashabbuskor talaba-yoshlar taqdirlandi
Yosh ixtirochi qizga Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili topshirildi!
BuxDUda “Bitiruvchi–2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zMU Jizzax filiali jamoasining Islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifi
Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Faol va iqtidorli yoshlar taqdirlandi