Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Prezident qaroriga binoan barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda alohida faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va qobiliyati, tashabbuskorligi hamda samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimiz munosib rag‘batlantirildi.
Ular orasida talaba va doktorantlari ham borligi soha vakillarini quvontirdi.
Istamov Hayot Yo‘lchiyevich - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi;
Astanaliyev Elmurod Tursunali o‘g‘li - Toshkent davlat transport universiteti mustaqil izlanuvchisi;
Larin Yevgeniy Alekseyevich - Toshkent davlat tibbiyot universiteti 6-bosqich talabasi;
Mahammadjonov Qudratbek Ulug‘bek o‘g‘li - Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-bosqich magistranti ;
Aminboyev Qodirbergan Olimboy o‘g‘li - Urganch davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi.
Ma’lumot o‘rnida, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
So'nggi yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir
Talabalar munosabati asosida oliy ta’limda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqilmoqda
Adiblar xiyobonida Abdulla Qahhor va Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi
Bir do‘ppi - bir qadriyat, birlashgan do‘ppilar - milliy birdamlik!
Vazir Qoʻngʻirot tumanidagi maktablarda yoshlar bilan uchrashdi
Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda