Yosh ixtirochi qizga Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili topshirildi!
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan bir qator innovatsion loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etildi.
Taqdimot davomida iqtidorli yoshlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, muhandislik loyihalari va ilmiy tashabbuslari bilan ishtirok etdi.
Jumladan, Ibrohimov No‘monjon “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining natijalari hamda mamlakatimizda muhandislik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Ismoilov Biloliddin 2024–2025-yillarda FPV dronlar poygasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chempioni sifatida “Shunqor-8” va “X1” antidron tizimlarini yaratish hamda takomillashtirish ishlaridagi ishtiroki haqida taqdimot qildi.
Kurmayeva Diyora oliy ta’lim muassasalarida “Fudomika va metabolomika” ta’lim yo‘nalishi hamda maxsus laboratoriyani tajriba tariqasida tashkil etish bo‘yicha taklifini ilgari surdi.
Asanova Ayzada — “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishi g‘olibasi bo‘lib, Belgiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanlov yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
✨ Tadbirning eng hayajonli lahzalaridan biri esa Asanova Ayzadaning Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili bilan taqdirlanishi bo‘ldi.
Bu e’tirof yurtimizda yosh ixtirochilar, innovatorlar va kelajak muhandislariga berilayotgan yuksak ishonch hamda qo‘llab-quvvatlovning yorqin namunasidir.



So'nggi yangiliklar
Toshkent davlat texnika universitetida faol va tashabbuskor talaba-yoshlar taqdirlandi
Yosh ixtirochi qizga Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili topshirildi!
BuxDUda “Bitiruvchi–2026” tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zMU Jizzax filiali jamoasining Islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifi
Bir guruh yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Faol va iqtidorli yoshlar taqdirlandi