Loading...

Faol va iqtidorli yoshlar taqdirlandi

“INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida “30-iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek, bir qator vazirlik va idoralar vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Akademik harakatchanlik” dasturi, “Bo‘lajak olim”, “Kelajak muhandislari”, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” hamda boshqa respublika miqyosidagi ilmiy-innovatsion tanlovlar, olimpiadalar, festivallar va musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan, innovatsion tashabbuslari bilan ajralib turgan 21 nafar iqtidorli yoshlar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.