Loading...

O‘zMU Jizzax filiali jamoasining Islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifi

Bugungi kunda mamlakatimizda milliy merosni asrab-avaylash, uni chuqur o‘rganish va yoshlar ongiga singdirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tashrif davomida O‘zMU Jizzax filiali jamoasi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur tashrif yurtimizda asrlar davomida shakllangan boy ilmiy va ma’naviy merosni chuqurroq anglash, uni zamonaviy ta’lim jarayoniga uyg‘unlashtirish hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Ishtirokchilar markazning boy ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishib, unda namoyish etilgan noyob qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar hamda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar merosi orqali islom sivilizatsiyasining beqiyos o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ayniqsa, Qur’on qo‘lyozmalari, qadimiy kitoblar va interaktiv ko‘rgazmalar orqali taqdim etilgan materiallar tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirib, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Tashrif yakunida jamoa Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlariga sayohat qilib, poytaxtning zamonaviy qiyofasi va boy tarixiy muhitidan bahramand bo‘lishdi.

Bunday ma’rifiy tashriflar talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, tarixiy xotirani mustahkamlash va milliy o‘zlikni anglashda muhim o‘rin tutadi.