“Yangi O‘zbekiston” universiteti 5 yillik taraqqiyot yo‘lini sarhisob qildi
Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti tashkil etilganining 5 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat tashkilotlari vakillari, universitetning akademik va sanoat hamkorlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar, talabalar va bitiruvchilar ishtirok etdi.
Yubiley tadbiri davomida universitetning besh yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida erishilgan muhim natijalar taqdim etildi.
Shuningdek, universitet taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi hamda universitetning rivojlanishida muhim o‘rin tutgan strategik hamkor tashkilotlar e’tirof etildi.
2021-yilda tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston” universiteti qisqa vaqt ichida xalqaro hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy ta’lim sohasida muhim natijalarga erishib, mamlakatning eng istiqbolli oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylandi.




So'nggi yangiliklar
Talabalar muammolarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha infografika
“Yangi O‘zbekiston” universiteti 5 yillik taraqqiyot yo‘lini sarhisob qildi
“TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasiga start berildi
Xorazm viloyati talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Yurtim qadriyatlari” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi kuni yakunlandi!