“TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasiga start berildi
Bugun poytaxtda talaba-yoshlar va bitiruvchilar uchun yirik kasb va imkoniyatlar ko‘rgazmasi — “TalabaExpo – 2026” o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Shaxlo Ibragimova hamda “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunar va innovatsion yo‘nalishlarga yo‘naltirish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlashda bunday platformalarning ahamiyati yuqori ekani qayd etildi.
“TalabaExpo – 2026” yoshlarning kasbiy rivojlanishi, munosib ish topishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini egallashiga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida tashkil etilmoqda.




So'nggi yangiliklar
Talabalar muammolarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha infografika
“Yangi O‘zbekiston” universiteti 5 yillik taraqqiyot yo‘lini sarhisob qildi
“TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasiga start berildi
Xorazm viloyati talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Yurtim qadriyatlari” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi kuni yakunlandi!