Loading...

“Yurtim qadriyatlari” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 22-23-iyun kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘tkazilgan “Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi yakunlandi. Ikki kun davomida jamoalar o‘zaro 3 ta shart bo‘yicha bellashdi. Yakunda Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra g‘olib jamoalar aniqlandi.

Umumiy natijalarga ko‘ra, ko‘rik-tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

🥇Buxoro davlat tibbiyot instituti
🥇Urganch innovatsion universiteti
🥈Toshkent davlat yuridik universiteti
🥈Namangan davlat pedagogika instituti
🥉Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
🥉O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

🏆G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom va mos ravishda 1-o‘rin 50 million so‘m, 2-o‘rin 30 million so‘m va 3-o‘rin 20 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida diplom va vaucherlarni jamoalarga Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov topshirdi.