“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi kuni yakunlandi!
Tanlovning ilk kuni birinchi qismida barcha jamoalar 1-shart – “Milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar” shart bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish qildilar. Ishtirokchilar o‘zbek xalqiga xos milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarni badiiy talqin hamda yorqin obrazlar bilan aks ettirib, hakamlar va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldilar.
Kunning ikkinchi qismida savol-javoblar sharti bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar jadidlar hayoti va ijodidan tuzilgan savollarga javob berib, bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Finalning ertangi kunida jamoalar so‘nggi shart – “Kompozitsion musiqiy chiqishlar” bo‘yicha bellashadilar.




So'nggi yangiliklar
Xorazm viloyati talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Yurtim qadriyatlari” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi kuni yakunlandi!
“Yurtim qadriyatlari” tanlovining final bosqichi boshlandi
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari Termizda samimiy kutib olindi