Xorazm viloyati talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbir yoshlarning tashabbuslari, taklif va g‘oyalarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlandi.
Muloqot davomida oliy ta’lim tizimida yoshlarning faolligi va tashabbuskorligini rag‘batlantirish, ularning innovatsion g‘oyalari va takliflarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Talaba-yoshlar o‘zlarining startap g‘oyalari, IT yo‘nalishidagi innovatsion loyihalari hamda raqamli texnologiyalar asosidagi tashabbuslarini taqdim etdilar. Ularning amaliy ahamiyati, rivojlantirish istiqbollari, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.



So'nggi yangiliklar
Talabalar muammolarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha infografika
“Yangi O‘zbekiston” universiteti 5 yillik taraqqiyot yo‘lini sarhisob qildi
“TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasiga start berildi
Xorazm viloyati talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Yurtim qadriyatlari” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi kuni yakunlandi!