“Yurtim qadriyatlari” tanlovining final bosqichi boshlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Yurtim qadriyatlari” tanlovining final bosqichi boshlandi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatr binosida bo‘lib o‘tayotgan finalni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov ochib berib, mazkur tanlovning milliy qadriyat va urf-odatlarimizni targ‘ib qilishdagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi hamda finalda ishtirok etayotgan jamoalarga omad tiladi.
Finalda quyidagi oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari o‘zaro bellashmoqda:
1) Toshkent davlat yuridik universiteti
2) Urganch innovatsion universiteti
3) Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
4) Namangan davlat pedagogika instituti
5) Buxoro davlat tibbiyot instituti
6) O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali




So'nggi yangiliklar
Xorazm viloyati talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
“Yurtim qadriyatlari” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
“Yurtim qadriyatlari” respublika ko‘rik-tanlovining birinchi kuni yakunlandi!
“Yurtim qadriyatlari” tanlovining final bosqichi boshlandi
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari Termizda samimiy kutib olindi