“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari Termizda samimiy kutib olindi

Respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan 30 ta jamoa a’zolari Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ko‘tarinki ruhda, tantanali tarzda kutib olindi.
Tanlov doirasida mehmonlar uchun universitetda kechki taom dasturxoni yozilib, samimiy muloqot va do‘stona muhit tashkil etildi. Yurtimizning turli hududlaridan kelgan faol talaba-yoshlar bir-birlari bilan yaqindan tanishib, fikr almashish hamda kelgusi bellashuvlar oldidan yuqori kayfiyatda vaqt o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldilar.
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovi nafaqat yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish, balki sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikka qarshi kurashishda yoshlarning faolligini oshirishga xizmat qiladi.
So'nggi yangiliklar
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari tantanali taqdirlandi!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz” respublika ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari Termizda samimiy kutib olindi
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi
Andijon yoshlarini birlashtirgan “Talaba Fest” katta bayramga aylandi
“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” final bosqichi ishtirokchilari poytaxtimizda tantanali kutib olinmoqda
Namanganda tashkil etilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!