Loading...

“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” final bosqichi ishtirokchilari poytaxtimizda tantanali kutib olinmoqda

    

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Janubiy vokzalda “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining saralash bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli talabalar tantanali ravishda kutib olinmoqda.
 

Joriy mavsumda respublika bo‘ylab 170 ta oliy ta’lim muassasasidan 154 ming nafardan ortiq talaba musobaqalarning birinchi bosqichida ishtirok etdi. Hududiy bosqichlarda esa 146 ta oliy ta’lim muassasasidan qariyb 10 ming nafar talaba o‘z mahoratini namoyon qildi.

Bugun ana shu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan eng kuchli sportchi-talabalar poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida jam bo‘lib, Respublika final bosqichida g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.