Loading...

Teatrlar davom etmoqda!

      

🏛Ayni vaqtda Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi musiqali drama teatrida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining respublika bosqichi yuqori darajada o‘tmoqda.

↪️Ilk spektakldan so‘ng O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasining “Akademiya” jamoasi Nasrullo Qobulning “To‘da” romani asosida rejissyor Oybek Maxsudov tomonidan sahnalashtirilgan “Adashganlar” spektakli namoyish etildi.

↪️Samarqand davlat universitetining “Ilhom” jamoasi esa Mustay Karimning “Oy tutilgan oqshom” romani asosida rejissyor Alijon Hasanov tomonidan sahnalashtirilgan “Oy tutilgan oqshom” spektaklini ijro etdi.

↪️Jarayondan fotolavhalar

Hozir esa sahnada Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” jamoasi o‘z chiqishini namoyish etmoqda.