Loading...

“Yangi kitob” – kitoblarning shou-taqdimoti tashkil etildi!

   

Bugun Yoshlar ijod saroyida “Yangi kitob” loyihasining ilk taqdimot shousi tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Otabek Hasanov, taqdimot qilingan 6 ta kitoblarning muallif va tarjimonlari, kitob do‘konlari va nashriyot rahbarlari, shuningdek, kitobxon talaba-yoshlar ishtirok etdi.

     
 Tadbir ishtirokchilari har bir kitob haqida teatrlashtirilgan taqdimotni tomosha qilib, yangi kitoblar premyerasida qatnashishdi, shuningdek, “Galaktikada bir kun” kitobi muallifi Sa’dulla Quronov hamda tarjimonlar nutqini eshitish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 Tadbir yakunida esa kitobxonlar yangi kitoblarni birinchilardan bo‘lib xarid qilib, shaxsan mualliflarning o‘zidan dastxat oldilar.