Yoshlar bilan muloqot — kelajakka ishonch va yangi gʻoyalar maydoni

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida “Rahbar va yoshlar kuni” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda universitet rektori Bahodir Mirzayev ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Uchrashuvda yurtimiz oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, taʼlim sifati va ilm-fan salohiyatini yuksaltirish, innovatsion muhitni rivojlantirish hamda zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari xususida atroflicha fikr almashildi. Muloqot davomida talabalarning startap va innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy tillarni puxta oʻrganish, sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni oʻzlashtirish, ilmiy faollikni oshirish, yoshlar bandligini taʼminlash kabi dolzarb yoʻnalishlarga alohida eʼtibor qaratildi.
So'nggi yangiliklar
Yoshlar bilan muloqot — kelajakka ishonch va yangi gʻoyalar maydoni
“Yangi kitob” – kitoblarning shou-taqdimoti tashkil etildi!
O‘zbek–Fransuz universitetiga qabul boshlanadi!
Vazir qoraqalpogʻistonlik talabalar bilan muloqot qildi
Qoraqalpog‘istonda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tashabbuslar doirasidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“Munozara” respublika turnirining respublika bosqichi Namanganda o‘tkaziladi!