“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining Respublika final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!

🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovning hududiy bosqichlari yakuniga ko‘ra, eng kuchli, eng chaqqon va eng matonatli jamoalar aniqlandi. Endi esa ular yurt miqyosida bosh sovrin uchun bellashadi!
🇺🇿 Final bosqichi ishtirokchilari:
↪️Qoraqalpoq davlat universiteti
↪️Urganch davlat universiteti
↪️Buxoro davlat universiteti
↪️Navoiy davlat universiteti
↪️Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti
↪️Qarshi davlat texnika universiteti
↪️Termiz davlat universiteti
↪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
↪️Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti filiali
↪️Guliston davlat pedagogika instituti
↪️Namangan davlat pedagogika instituti
↪️Andijon davlat universiteti
↪️Farg‘ona davlat universiteti
↪️Toshkent davlat transport universiteti
↪️O‘zbekiston milliy universiteti
⚔️ Ushbu jamoalar hududiy bosqichlarda o‘zining jismoniy tayyorgarligi, harbiy-amaliy ko‘nikmalari, jamoaviyligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyon etib, final bosqichiga munosib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
🗓Musobaqaning yakuniy bosqichi 2026-yil iyun oyining ikkinchi o‘n kunligida Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
So'nggi yangiliklar
“Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnali ta’sis etildi.
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining Respublika final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Определены победители республиканского конкурса премии «Ильхом» 2026 года.
“Ilhom – 2026” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
Markaz jamoasi Samarqandga sayohat qildi!