“Ilhom – 2026” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!

Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida mazkur tanlovning saralash, ya’ni oliy ta’lim tashkiloti bosqichida eng yuqori ballga baholangan ishtirokchilarning 130 ga yaqin ijodiy ish hujjatlari va amaliy ishlari Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilib, shaffof va adolat mezonlari asosida baholanmoqda.

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida har yili doimiy tarzda o‘tkazib kelinadi.

Yosh ijodkorlar o‘rtasida kechayotgan bu bellashuv nafaqat iste’dod, balki tafakkur, izlanish va milliy adabiyotga bo‘lgan muhabbat sinovidir!
So'nggi yangiliklar
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Определены победители республиканского конкурса премии «Ильхом» 2026 года.
“Ilhom – 2026” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
Markaz jamoasi Samarqandga sayohat qildi!
“Yoshlar va ilm-fan” nomli ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik hamda ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2026-yil 1-soni e’lon qilindi!
Orolbo‘yi – ezgu niyatlar va sog‘lom qadamlar maskani!