“Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2026-yilgi sovrindorlari aniqlandi.

Xabaringiz bor, kecha 5-may kuni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ilhom” mukofoti tanlovining Respublika bosqichi (https://t.me/yoshlareduuz/21990) o‘tkazildi.
Unga ko‘ra 130 ta eng sara ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan ijtimoiy ahamiyati, mavzuning yoritilishi, talqinning o‘ziga xosligi, badiiylik darajasi kabi mezonlar asosida baholandi.
G‘oliblar bilan tanishing:
🥇1-o‘rin: Toshturdiyev Nurbek Nurali o‘g‘li – O‘zbekiston Milliy universiteti, 4-bosqich talabasi;
🥈2-o‘rin: Azamatova Sevinch Shuxrat qizi – Samarqand davlat universiteti, 2-bosqich talabasi;
🥉3-o‘rin: Xurramov Abbos Baxromovich – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tadqiqotchisi.
🌟 Rag‘batlantiruvchi mukofotga tavsiya etilganlar:
↪️ Baxtiyorov Faxriyor Akromjon o‘g‘li – Jamoat xavfsizligi universiteti;
↪️ Ismoilova Fotima Izzat qizi – Milliy rassomlik va dizayn instituti magistranti;
↪️ Nizomova Kamola Vohid qizi –Buxoro davlat universiteti magistranti.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘ringa 100 barobari, 2-o‘ringa 80 barobari, 3-o‘ringa 40 barobarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Barcha g‘olib va ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!
So'nggi yangiliklar
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Определены победители республиканского конкурса премии «Ильхом» 2026 года.
“Ilhom – 2026” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
Markaz jamoasi Samarqandga sayohat qildi!
“Yoshlar va ilm-fan” nomli ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik hamda ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2026-yil 1-soni e’lon qilindi!
Orolbo‘yi – ezgu niyatlar va sog‘lom qadamlar maskani!