“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
↪️Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talaba-yoshlari 10 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzib ishtirok etishi mumkin.
↪️Tanlovda jamoalar 4 shart (insho yozish, rasm chizish, qisqa videoroliklar hamda sahna ko‘rinishi) bo‘yicha bellashadilar.
↪️Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: oliy ta’lim tashkiloti, hududiy saralash bosqichi va Respublika bosqichi.
➡️Tanlov nizomini o‘qish (https://drive.google.com/file/d/1gGPssOTtsI3_NbyWPsftn0PTDD1beQS7/view?usp=sharing)
🏆 Tanlov gʻoliblari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda pul mukofotlari, shuningdek, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
🥇1-oʻrin – 200 million soʻm;
🥈2-oʻrin – 150 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm;
🥉3-oʻrin – 100 million soʻm.
⏺Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar oʻzi tahsil olayotgan taʼlim tashkilotining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.
So'nggi yangiliklar
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Определены победители республиканского конкурса премии «Ильхом» 2026 года.
“Ilhom – 2026” mukofoti yakuniy Respublika bosqichi ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi!
Markaz jamoasi Samarqandga sayohat qildi!
“Yoshlar va ilm-fan” nomli ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik hamda ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2026-yil 1-soni e’lon qilindi!
Orolbo‘yi – ezgu niyatlar va sog‘lom qadamlar maskani!