Markaz jamoasi Samarqandga sayohat qildi!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi Samarqandga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida jamoa a’zolari shaharning tarixiy obidalari bo‘ylab sayohat qilib, boy meros va milliy qadriyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Sayohat davomida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Islom Karimov maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi, Registon maydoni kabi tarixiy maskanlar hamda “Boqiy shahar” turistik majmualari ziyorat qilindi.

Mazkur madaniy sayohat xodimlar uchun ma’naviy hordiq olish bilan bir qatorda boy tarixiy meros bilan tanishish, milliy o‘zlikni anglash, tarixga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qildi.
So'nggi yangiliklar
Markaz jamoasi Samarqandga sayohat qildi!
“Yoshlar va ilm-fan” nomli ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik hamda ma’naviy-ma’rifiy jurnalining 2026-yil 1-soni e’lon qilindi!
Orolbo‘yi – ezgu niyatlar va sog‘lom qadamlar maskani!
“Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi Andijonda o‘tkaziladi
“To‘maris izdoshlari” tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda
Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida keng ko‘lamli ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.